# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 696-modda. Ish natijalariga taraflarning huquqlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/696 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalaridagi taraflar ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va shartlarda foydalanish huquqiga ega. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi oʻziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga ega, pudratchi esa, oʻzi olgan natijalardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)