# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 706-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/706 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijrochi haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom toʻlashi shart, lekin bu toʻlov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)