# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 713-modda. Bir yoʻnalishda har xil transportda tashish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/713 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Har xil transportda yagona transport hujjati asosida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashilganida (bir yoʻnalishda har xil transportda tashish) transport tashkilotlarining oʻzaro munosabatlari, shuningdek bunday tashishni tashkil qilish tartibi bir yoʻnalishda har xil (aralash) transportda tashishga doir qonunchilikka muvofiq tegishli turdagi transport tashkilotlari oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)