# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 718-modda. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/718 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, taraflar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, shuningdek taraflarning kelishuvida belgilangan tarzda javobgar boʻladilar. Transport tashkilotlarining yoʻlovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qoʻyilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlari haqiqiy emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)