# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 722-modda. Tashishni tashkil etish shartnomalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/722 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tashuvchi bilan yuk egasi muntazam tashishni amalga oshirish zarur boʻlganida tashishni tashkil etish haqida uzoq muddatli shartnomalar tuzishlari mumkin. Yuk tashishni tashkil etish shartnomasi boʻyicha tashuvchi shartlashilgan hajmdagi yuklarni belgilangan muddatlarda qabul qilib olish, yuk egasi esa — topshirish majburiyatini oladilar. Yuk tashishni tashkil etish shartnomasida tashish uchun beriladigan transport vositalarining va topshiriladigan yuklarning hajmi, ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlari, hisob-kitob qilish tartibi, shuningdek tashishni tashkil etishning boshqa shartlari belgilab qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)