# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 723-modda. Transport tashkilotlari oʻrtasidagi shartnomalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/723 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Har xil transport tashkilotlari oʻrtasida yuk tashishni taʼminlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish haqida shartnomalar (asosiy kelishuvlar, yuklarni markazlashtirilgan tartibda tashib keltirish (tashib ketish) shartnomalari va boshqalar) tuzilishi mumkin. Bunday shartnomalarni tuzish tartibi transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)