FK2 · 729-modda

729-modda. Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot

Mijoz ekspeditorga hujjatlar hamda yukning xossalari, uni tashish shartlari toʻgʻrisidagi boshqa axborotni, shuningdek ekspeditor transport ekspeditsiyasi shartnomasida nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni berishi shart.

Ekspeditor olingan axborotdagi aniqlangan kamchiliklar haqida mijozga xabar qilishi, axborot toʻliq boʻlmaganida esa, mijozdan zarur qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olishi shart.

Mijoz zarur axborotni taqdim etmagan taqdirda, ekspeditor bunday axborot taqdim etilgunga qadar tegishli majburiyatlarni ijro etishga kirishmaslikka haqli.

Mijoz ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborotni taqdim etish majburiyatini buzganligi munosabati bilan ekspeditorga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.