# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 730-modda. Uchinchi shaxsning ekspeditor majburiyatini bajarishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/730 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar transport ekspeditsiyasi shartnomasidan ekspeditorning oʻz majburiyatlarini shaxsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor oʻz majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)