# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 742-modda. Qarzni yangilab, qarz majburiyatiga aylantirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/742 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taraflarning kelishuviga muvofiq, oldi-sotdi, mulkni ijaraga olish yoki boshqa asoslar tufayli paydo boʻlgan har qanday qarz qarz majburiyati bilan almashtirilishi mumkin. Qarzning qarz majburiyati bilan almashtirilishi ushbu Kodeksning 347-moddasida nazarda tutilgan majburiyatni yangilash toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va qarz shartnomasi uchun belgilangan shaklda bajariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)