# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 747-modda. Ashyolarni kreditga berish shartnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/747 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin. Ashyolarni kreditga berish toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, toʻliqligi, sifati, idishi va (yoki) oʻralishi haqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq bajarilishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)