FK2 · 764-modda

764-modda. Omonatga foizlar yozish va toʻlash tartibi

Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʻra omonatchining hisobvaragʻidan oʻchirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvaragʻi xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi pul mablagʻlaridan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.

Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy oʻtganidan keyin uning talabi bilan omonat summasidan alohida toʻlanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qoʻshilib boradi.

Omonat qaytarilganida shu paytgacha yozilgan hamma foizlar toʻlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.