# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 791-modda. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/791 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilganda toʻlov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan hisob-kitob qilishga, inkasso boʻyicha hisob-kitob qilishga, shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qoʻllanilayotgan ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hisob-kitob qilishga ham yoʻl qoʻyiladi. Shartnomadagi taraflar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisob-kitob qilish shakllarining istalganini tanlab olishga va shartnomada nazarda tutishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)