# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 792-modda. Toʻlov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar toʻgʻrisida umumiy qoidalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/792 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Toʻlov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirigʻiga muvofiq uning hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan maʼlum miqdor pul summasini mijoz koʻrsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvaragʻiga qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan boʻlmasa, oʻtkazish majburiyatini oladi. Toʻlov topshiriqnomasida mablagʻlarni oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs bankdan toʻlovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi, bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)