# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 796-modda. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/796 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs (bundan keyingi matnda — mablagʻlarni oluvchi) hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi. Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni bank emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga oʻtkazishi shart. Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent ijrochi bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)