# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 797-modda. Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/797 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablagʻlarini toʻlovchi bilan oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak: bank-emitentning nomi; akkreditivning turi va uni bajarish usuli; mablagʻlarni oluvchini akkreditiv ochilganligi haqida xabardor qilish usuli; akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi; tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)