# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 798-modda. Chaqirib olinadigan akkreditiv > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/798 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bank-emitent tomonidan mablagʻ oluvchini oldindan xabardor qilmagan holda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin boʻlgan akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deyiladi. Akkreditivni chaqirib olish bank-emitent zimmasiga mablagʻlarni oluvchi oldida biron-bir majburiyat yuklamaydi. Agar ijro etuvchi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari oʻzgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirish olmagan boʻlsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻyicha toʻlovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi shart. Agar akkreditivning matnida boshqa narsa nazarda tutilgan boʻlmasa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)