# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 800-modda. Akkreditivni ijro etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/800 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Akkreditivni ijro etish uchun mablagʻ oluvchi ijrochi bankka akkreditivning hamma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu shartlardan birortasi buzilgan taqdirda akkreditiv hisobidan pul toʻlanmaydi. Agar ijrochi bank akkreditiv shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan yoki boshqa operatsiyani bajargan boʻlsa, bank-emitent unga qilingan xarajatlarni toʻlashi shart. Bank-emitentning ushbu xarajatlari, shuningdek akkreditivni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hamma xarajatlari mijoz tomonidan qoplanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)