# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 804-modda. Inkasso boʻyicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/804 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Inkasso boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijoz oʻz bankiga (bank-emitentga) pul toʻlovchidan toʻlovni va (yoki) toʻlov akseptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi. Inkasso topshirigʻini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni (ijrochi bankni) jalb qilishga haqli. Inkasso boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi. Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan asoslarga koʻra va miqdorda javobgar boʻladi. Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan boʻlsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)