# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 806-modda. Toʻlovdan bosh tortishni xabar qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/806 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar toʻlov va (yoki) aksept olingan boʻlmasa, ijrochi bank pul toʻlanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari toʻgʻrisida bank-emitentni darhol xabardor qilishi shart. Bank-emitent bu haqda darhol mijozga xabar berishi, undan navbatdagi harakatlar xususida koʻrsatmalar soʻrashi shart. Bundan keyingi harakatlar toʻgʻrisida bank qoidalarida belgilangan muddatda koʻrsatmalar olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka qaytarishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)