# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 808-modda. Chekning rekvizitlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/808 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chekda quyidagilar boʻlishi shart: hujjat matniga kiritilgan “chek” degan nom; muayyan pul summasini toʻlash haqida toʻlovchiga topshiriq; toʻlovchining nomi va toʻlov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi kerakligi; toʻlov valyutasi; chek tuzilgan sana va joy; chekni yozib bergan shaxsning — chek beruvchining imzosi. Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining boʻlmasligi chekni kuchdan mahrum qiladi. Tuzilgan joyi koʻrsatilmagan chek chek beruvchi turgan joyda imzolangan deb hisoblanadi. Chekning shakli va uni toʻldirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)