# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 809-modda. Chek boʻyicha pul toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/809 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chek boʻyicha pul chek beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Chek qonunchilikda belgilab qoʻyilgan muddatda toʻlovga taqdim etilgan taqdirdagina u boʻyicha pul toʻlanadi. Chek boʻyicha pul toʻlagan shaxs chekning toʻlov olinganligi haqidagi tilxat bilan birga oʻziga berilishini talab qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)