FK2 · 810-modda

810-modda. Chek boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga berish

Chek boʻyicha huquqlar ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda boshqa shaxsga beriladi.

Egasining nomi yozilgan chek boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.

Oʻtkazma chekda pul toʻlovchiga qilingan indossament toʻlovni olganlik uchun tilxat kuchiga ega boʻladi.

Toʻlovchi tomonidan qilingan indossament haqiqiy emas.

Agar indossament boʻyicha olingan oʻtkazma chekka ega boʻlgan shaxs oʻzining huquqini uzluksiz (bir-birini taqozo etuvchi) indossamentlar qatori bilan asoslab bersa, u oʻtkazma chekning qonuniy egasi deb hisoblanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.