# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 841-modda. Komitentning vositachilik shartnomasi boʻyicha ijroni qabul qilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/841 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Komitent: vositachilik shartnomasi boʻyicha ijro etilgan hamma narsani vositachidan qabul qilishi; oʻzi uchun vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni koʻzdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida darhol vositachini xabardor qilishi; vositachini vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan uchinchi shaxs oldida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)