FK2 · 842-modda

842-modda. Vositachilik topshirigʻini bajarish uchun qilingan xarajatlarni qoplash

Komitent vositachilik haqini, tegishli hollarda esa delkredere uchun qoʻshimcha haqni ham toʻlashdan tashqari, vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan vositachi sarflagan summalarni ham unga toʻlashi shart.

Agar qonunchilikda yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, vositachi oʻz ixtiyorida boʻlgan komitentning mol-mulkini saqlash yuzasidan qilgan xarajatlari qoplanishiga haqli emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.