# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 842-modda. Vositachilik topshirigʻini bajarish uchun qilingan xarajatlarni qoplash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/842 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Komitent vositachilik haqini, tegishli hollarda esa delkredere uchun qoʻshimcha haqni ham toʻlashdan tashqari, vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan vositachi sarflagan summalarni ham unga toʻlashi shart. Agar qonunchilikda yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, vositachi oʻz ixtiyorida boʻlgan komitentning mol-mulkini saqlash yuzasidan qilgan xarajatlari qoplanishiga haqli emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)