# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 846-modda. Komitentning muddati koʻrsatilmay tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/846 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Komitent muddati koʻrsatilmay tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, bu haqda vositachini, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin xabardor qiladi. Bunday holda komitent vositachilik shartnomasi bekor qilinganga qadar tuzgan bitimlari uchun vositachiga haq toʻlashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor boʻlguncha qilgan xarajatlarni unga toʻlashi shart. Komitent vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 844-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)