FK2 · 851-modda

851-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish obyekti

Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, koʻchmas mulkka mansub boʻlgan alohida obyektlar, qimmatli qogʻozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat boʻlishi mumkin.

Qonunda koʻzda tutilgan hollarni istisno etganda, pul ishonchli boshqarishning mustaqil obyekti boʻla olmaydi.

Operativ boshqaruvda boʻlgan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin emas. Operativ boshqaruvda boʻlgan mol-mulk uni operativ boshqaruvda saqlab turgan yuridik shaxs tugatilganidan yoki mol-mulkka nisbatan operativ boshqaruv huquqi bekor qilinganidan hamda u qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra mulkdorning egaligiga oʻtganidan keyingina ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.