# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 855-modda. Ishonchli boshqaruvda boʻlgan mol-mulkni ajratib chiqarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/855 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi. Boshqaruv muassisining qarzlari boʻyicha undiruvni u ishonchli boshqaruvga topshirgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu shaxs bankrot deb topilgan hollar mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot deb topilganda ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u tugatish massasiga qoʻshib yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)