# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 863-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni roʻyxatga olishga qoʻyiladigan talablar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/863 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)