# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 869-modda. Litsenziarning litsenziatga qoʻyiladigan talablar boʻyicha javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/869 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha sotayotgan (bajarayotgan, koʻrsatayotgan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati shartnomaga mos emasligi toʻgʻrisida litsenziatga qoʻyiladigan talablar yuzasidan litsenziar subsidiar javobgar boʻladi. Litsenziatga litsenziarning mahsulotini (tovarlarini) tayyorlovchi sifatida qoʻyiladigan talablar yuzasidan litsenziar litsenziat bilan solidar javobgar boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)