# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 879-modda. Ashyolarni egasizlantirib saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/879 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ashyo egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa yuk topshiruvchilarning shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Yuk topshiruvchiga teng miqdorda yoki taraflar kelishgan miqdorda shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolar qaytarib beriladi. Egasizlantirib saqlash bunday hol omonat saqlash shartnomasida bevosita nazarda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)