FK2 · 880-modda

880-modda. Omonat saqlovchining ashyo toʻliq saqlanishini taʼminlash majburiyatlari

Omonat saqlovchi saqlashga topshirilgan ashyoning toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan, shuningdek boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.

Agar shartnomada egasizlantirib saqlash nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat saqlovchi saqlash uchun oʻziga berilgan ashyoni yuk topshiruvchiga yoki u oluvchi sifatida koʻrsatgan boshqa shaxsga topshirishi shart. Ashyo saqlashga qanday holatda topshirilgan boʻlsa, oʻsha holatda, uning tabiiy yomonlashuvini yoki tabiiy kamayishini hisobga olib qaytarib berilishi shart.

Omonat saqlovchi ashyoni qaytarish bilan bir vaqtda, basharti omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, uni saqlash vaqtida olingan hosil va daromadlarni ham topshirishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.