# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 886-modda. Omonat saqlash yuzasidan qilingan xarajatlarni qoplash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/886 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyoni saqlash xarajatlari toʻlanadigan haq summasiga kiritiladi. Alohida xarajatlar omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan haq summasiga yoki xarajatlar tarkibiga kiritilmasligi nazarda tutiladi. Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo tekinga saqlanganida yuk topshiruvchi amalda qilingan zarur xarajatlarni omonat saqlovchiga toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)