# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 892-modda. Yuk topshiruvchining talabi bilan omonat saqlash majburiyatining bekor boʻlishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/892 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shartnomada yukni qaytarib berishning boshqacha muddati belgilangan boʻlsa ham, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining talabi bilan saqlashga qabul qilingan ashyoni darhol qaytarib berishi kerak. Bu holda, agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yuk topshiruvchi majburiyatni muddatidan oldin bekor qilishi tufayli omonat saqlovchiga yetkazilgan zararni toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)