# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 894-modda. Lombardda omonat saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/894 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar ashyolar qabul qilinishi mumkin. Ashyoni lombardda omonat saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) uning nomi yozilgan saqlov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Lombardga saqlash uchun topshiriladigan ashyo taraflarning kelishuvi bilan saqlash uchun qabul qilish paytida va joyida odatda savdoda shu turdagi va sifatdagi ashyoga belgilanadigan narxlarga muvofiq baholanishi kerak. Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq chiqarilgan narxning toʻliq summasida oʻz hisobidan yuk topshiruvchi foydasiga sugʻurtalashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)