FK2 · 910-modda

910-modda. Tovarga ombor va garov guvohnomasini saqlovchining huquqlari

Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan tovarni toʻla tasarruf etish huquqiga ega.

Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi tovarni tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi boʻyicha berilgan kreditni toʻlamagunicha tovarni ombordan olishi mumkin emas.

Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma boʻyicha berilgan kredit va uning foizlari miqdorida tovar boʻyicha garov huquqiga ega boʻladi. Tovar garovga qoʻyilganida bu haqda ombor guvohnomasiga belgi qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.