FK2 · 914-modda

914-modda. Ixtiyoriy va majburiy sugʻurta

Sugʻurta fuqaro yoki yuridik shaxs (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurta tashkiloti (sugʻurtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sugʻurta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Shaxsiy sugʻurta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.

Qonunda koʻrsatilgan shaxslarga sugʻurta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkini yoxud oʻzining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini oʻz hisobidan yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sugʻurta qilish (majburiy sugʻurta) majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sugʻurta ushbu bobning qoidalariga muvofiq shartnomalar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Majburiy sugʻurtada sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchi bilan sugʻurtaning ushbu turini tartibga soladigan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.

Qonunda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy sugʻurta qilish hollari (davlat majburiy sugʻurtasi) nazarda tutilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.