# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 916-modda. Sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydigan manfaatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/916 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Gʻayriqonuniy manfaatlarni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Qimor, lotereyalar va garov oʻyinlarida ishtirok etishda koʻriladigan zararni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin boʻlgan xarajatlarni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Sugʻurta shartnomalarining ushbu modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga zid boʻlgan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)