# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 925-modda. Sugʻurtalovchi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/925 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurtalovchilar sifatida sugʻurta shartnomalarini tuzishi mumkin. Sugʻurta tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar, ularga litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)