# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 935-modda. Mol-mulkning sugʻurta qiymati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/935 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sugʻurta shartnomasini tuzish paytida taraflarning kelishuviga koʻra aniqlanadigan, sugʻurta manfaati bilan bogʻlanadigan mol-mulk qiymati, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qiymati (sugʻurta bahosi) deb hisoblanadi. Mol-mulkning shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta qiymati ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas, shartnoma tuzilgunga qadar sugʻurta xavfini baholash boʻyicha oʻz huquqidan foydalanmagan sugʻurtalovchi bu qiymat borasida bila turib chalgʻitilgan hol bundan mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)