# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 936-modda. Toʻliq boʻlmagan mulkiy sugʻurta > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/936 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurtalash shartnomasida sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan kam qilib belgilangan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganida sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) u koʻrgan zararni sugʻurta summasining sugʻurta qiymatiga boʻlgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)