# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 943-modda. Sugʻurta shartnomasining haqiqiy emasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/943 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sugʻurta shartnomasi quyidagi hollarda oʻz-oʻzidan haqiqiy emas: shartnoma tuzilayotgan paytda sugʻurta obyekti mavjud boʻlmasa; jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim boʻlgan mol-mulk mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boʻlsa; shartnoma boʻyicha gʻayrihuquqiy manfaat sugʻurtalangan boʻlsa; sugʻurta shartnomasida sugʻurta hodisasi sifatida yuz berish ehtimolligi va tasodifiylik belgilari boʻlmagan voqea nazarda tutilgan boʻlsa. Sugʻurta shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)