# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 947-modda. Sugʻurta shartnomasi amal qilishining boshlanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/947 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sugʻurta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta mukofoti yoki birinchi badal toʻlangan paytda kuchga kiradi. Agar shartnomada sugʻurta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnomada shartlashilgan sugʻurta sugʻurta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sugʻurta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)