# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 950-modda. Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/950 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlar sugʻurta shartnomasi tuzilganida manfaati nazarda tutilgan shaxsdan boshqa shaxsga oʻtganida ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar mol-mulkka boʻlgan huquq qaysi shaxsga oʻtgan boʻlsa, oʻsha shaxsga oʻtadi, ushbu Kodeksning 197 va 199-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha mol-mulkning majburiy olib qoʻyilishi hollari bundan mustasno. Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlar oʻziga oʻtgan shaxs bu haqda sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)