FK2 · 954-modda

954-modda. Sugʻurtalovchini sugʻurta tovonini va sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilish asoslari

Sugʻurtalovchi, agar qonunda yoki sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa va sugʻurta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa, sugʻurta tovonini va sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadi:

yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish taʼsirida;

harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar.

Agar mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qoʻyilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yoʻq qilib tashlanishi oqibatida koʻrilgan zarar uchun sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.