# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 954-modda. Sugʻurtalovchini sugʻurta tovonini va sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/954 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sugʻurtalovchi, agar qonunda yoki sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa va sugʻurta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa, sugʻurta tovonini va sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadi: yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish taʼsirida; harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar. Agar mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qoʻyilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yoʻq qilib tashlanishi oqibatida koʻrilgan zarar uchun sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)