# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 962-modda. Oddiy shirkat shartnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/962 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid boʻlmagan boshqa maqsadga erishish uchun oʻz hissalarini qoʻshish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar. Faqat yakka tadbirkorlar va (yoki) tijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishlari mumkin. Ikki yoki undan ortiq tijoratchi yuridik shaxs tomonidan tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi konsorsium shartnomasi hisoblanadi. Oddiy shirkat shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)