# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 972-modda. Oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/972 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaxsning oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, uning tomonidan shartnomadan chiqish moʻljallanayotgan sanadan kamida uch oy oldin berilishi lozim. Oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish huquqini cheklash toʻgʻrisidagi kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)