# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 973-modda. Tarafning talabi bilan oddiy shirkat shartnomasini bekor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/973 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan asos bilan bir qatorda, muddat koʻrsatilib yoki bekor qilish sharti sifatida maqsad koʻrsatilib tuzilgan oddiy shirkat shartnomasining tarafi shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qolgan sheriklarga qoplagan holda shartnomani oʻzi va qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda bekor qilishni talab etishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)