# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 978-modda. Mukofotni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/978 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tanlov gʻolibiga mukofotni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror tanlov haqidagi eʼlonda belgilangan tartib va muddatlarda chiqarilishi hamda ommaviy tanlov ishtirokchilariga maʼlum qilinishi lozim. Agar eʼlonda koʻrsatilgan natijalarga ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda bajarilgan ishida erishilgan boʻlsa, mukofot ular oʻrtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanadi. Agar bunday kelishuvga erishilmagan boʻlsa, mukofotni taqsimlash tartibini sud belgilaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)